YOSHLAR ONGIDA IDEAL OILA OBRAZI VA NIKOHTASAVVURLARI SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQLARNINGPSIXOLOGIK TA’SIRI

Authors

  • Qosimova Go’zal Asomiddin qizi Author

Keywords:

yoshlar, ideal oila, nikoh tasavvuri, ijtimoiy tarmoqlar, psixologik ta’sir, identifikatsiya, ijtimoiy taqqoslash.

Abstract

Mazkur maqolada yoshlar ongida ideal oila obrazi va nikoh haqidagi tasavvurlar shakllanishida ijtimoiy tarmoqlarning psixologik ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli muhitda shakllanayotgan vizual va ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy taqqoslash mexanizmi, identifikatsiya jarayoni hamda mediatsiyalangan real hayot obrazlarining ongga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Tadqiqotda ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, ijtimoiy taqqoslash nazariyasi hamda kultivatsiya nazariyasiga tayangan holda yoshlarning nikohga oid qadriyatlari va kutilmalari transformatsiyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy psixologik oqibatlari muhokama qilinadi hamda profilaktik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Downloads

Published

2026-03-05