ICHKI YONUV DVIGATELLARINING ASOSIY KONSTRUKTIV PARAMETRLARINI HISOBLASH
Keywords:
Ichki yonuv dvigateli, silindr o’lchamlari, porshen yo’li, silindr diametri, S/D nisbati, effektiv bosim, dvigatel quvvati, ish hajmi, mexanik yo’qotishlar, karburyatorli dvigatel, dizel dvigatel, yonilg’I sarfi, dvigatel massasi.Abstract
Ushbu maqolada ichki yonuv dvigatellarning silindr va asosiy konstruktiv parametrlari hamda ularning hisoblash usullari tahlil qilingan. Dvigatelning ish sikli, effekt quvvati, silindrlar soni, silindr diametri (D) va porshen yo‘li (S) kabi asosiy o‘lchamlari o‘zaro bog‘lanib, S/D nisbatining dvigatel samaradorligi va gabaritlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqoladakarbyuratorli va dizel dvigatellari uchun S/D nisbatining optimal qiymatlari va ularning afzallik hamda kamchiliklari taqdim etilgan. Shuningdek berilganparametrlar asosida silindrning ish hajmi, dvigatelning umumiyhajmi, yonish kamerasining hajmi, quvvat, moment, yoqilg‘i sarfi va dvigatel massasini hisoblash formulalari batafsil keltirilgan. Natijalarda dvigatelning konstruktiv parametrlari va ekspluatatsion ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilib,
zamonaviy avtomobil va qishloq xo‘jalik texnikasida turli turdagi dvigatellarni tanlash mezonlari berilgan.
