FOLKLOR DISKURSIDA LINGVOMADANIY MARKERLAR: MOHIYATI, TIPOLOGIYASI VA ANIQLASH MEZONLARI

Authors

  • Alibayeva Munisa Rustamaliyevna Author

Keywords:

lingvomadaniy marker, folklor diskursi, madaniy kod, konsept, konnotatsiya, ramz, stereotip, lingvokulturema, matn semantikasi, diskurs tahlili, milliy mentalitet, identifikatsiya mezoni.

Abstract

Maqolada folklor diskursida uchraydigan lingvomadaniy markerlarning nazariy mohiyati, tasnifiy ko‘rinishlari va ularni aniqlash mezonlari tahlil 
qilinadi. Til birliklarida mujassam bo‘lgan madaniy ma’no, ramziy qatlam, stereotip, konsept, madaniy kod va diskursiv vazifa masalalari o‘zaro bog‘liq holda yoritiladi. Folklor matni oddiy badiiy nutq namunasi emas, balki xalq xotirasi, qadriyatlari, axloqiy me’yorlari va kollektiv tasavvurlarini saqlovchi semantik makon sifatida talqin qilinadi. 

Published

2026-03-15