TA’LIMDA SUN’IY IDROKDAN FOYDALANISH
Keywords:
ta’lim, sun’iy idrok, AI texnologiyalari, interaktiv o‘qitish, shaxsiylashtirilgan ta’lim, pedagogik innovatsiyalar, ta’lim samaradorligi.Abstract
Ushbu maqola ta’lim jarayonida sun’iy idrok (AI – Artificial Intelligence)
texnologiyalarining qo‘llanilishi, pedagogik jarayonlarni optimallashtirish, o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish va innovatsion metodlar orqali samaradorlikni oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Ishda sun’iy idrokning asosiy funksiyalari, interaktiv tizimlarda qo‘llanilishi, talaba va pedagoglar uchun foydasi, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishda qo‘llaniladigan algoritmik va analitik yondashuvlar tahlil qilindi.
