SOVUQ URUSH: MAFKURALAR TO‘QNASHUVI VA INSONIYATTAQDIRINI BELGILAGAN DAVR

Authors

  • Nosirov Sabohiddin,Kasimova Zilola G‘ulomiddinovna Author

Keywords:

Karib inqirozi, yadroviy qurollar, kapitalizm, sotsializm, Berlin devori,

Abstract

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushidan keyingi dunyo tartibotini belgilab bergan ikki yirik qutb AQSh va SSSR o‘rtasidagi global qarama-qarshilik, ya’ni “sovuq urush”ning kelib chiqish sabablari hamda uning geosiyosiy ildizlari tahlil qilinadi. Xususan, kapitalizm va sotsializm mafkuralari o‘rtasidagi murosasiz kurash, Uinston Cherchillning dunyoni ikki lagerga bo‘lib yuborgan mashhur nutqi va “temir parda”ning o‘rnatilishi kabi omillarga alohida urg‘u beriladi. Tadqiqot davomida yadroviy qurollanish poygasining insoniyat taqdiridagi ahamiyati, Berlin va Karib inqirozlari kabi dunyoni Uchinchi jahon urushi hamda yadroviy halokat yoqasiga keltirgan qaltis tarixiy burilishlar atroflicha yoritiladi. Shuningdek, maqolada sovuq urushning insoniyatga
yetkazgan iqtisodiy va ma’naviy zararlari, jumladan, Vetnam va Afg‘oniston kabi hududlardagi bilvosita to‘qnashuvlarning fojiali oqibatlari ko‘rib chiqiladi. 

Downloads

Published

2026-04-02