“TENTAKLIK” – MUVAFFAQIYAT VA SOG`LIK GAROVI: ODATDAGIFIKRLASH QOLIPLARIDAN CHIQISH
Keywords:
Norbekov tizimi, fikrlash qoliplari, ichki erkinlik, “tentaklik” falsafasi, psixosomatika, iroda tarbiyasi, ruhiy uyg`onish.Abstract
Ushbu tezisda Mirzakarim Norbekovning “Tentakning hayot tajribasi” asaridagi markaziy g`oya – insonning ichki erkinligi va ijtimoiy qoliplardan voz kechishning salomatlikga ta`siri tahlil qilinadi. Muallif tomonidan ilgari surilgan “tentaklik” tushunchasi salbiy ma`noda emas, baqlki insonni cheklab turuvchi qo`rquvlar, shubxalar va jamiyat belgilagan “norma”lardan xalos bo`lish vositasi sifatida talqin qilinadi. Insonning asosiy maqsadi – odatdagi fikrlash tarsi insonning jismoniy holatiga qanday salbiy ta`sir ko`rsatishini va undan qanday qutulish yo`llarini ochib berishdir. Tezisda “kasallikga bog`lanib qolish” psixologiyasi tanqid qilinib, uning o`rniga irodani uyg`otish, ichki “men”ni anglash va hayotga ijobiy yondashish muhimligi asoslanadi.
