“YOLVORAMAN , XIYONAT QILMA” ASARIDA NAFS VA IYMONTO`QNASHUVINING BADIIY TASVIRI
Keywords:
Amina Shenlikog`li, badiiy konflikt, nafs, iymon, xiyonat, psixologizm, ma`naviy tiklanish, didaktik nasr.Abstract
Ushbu tezisda zamonaviy turk adibasi Amina Shenlikog`lining “Yolvoraman,
xiyonat qilma” asaridagi asosiy badiiy konflikt – inson tabiatidagi nafs va iymon o`rtasidagi doimiy kurash tahlil qilinadi. Ishning maqsadi – asar qahramonlarining ruhiy holati, gunohga moyillik va undan tiyilish jarayonlarini badiiy-psixologik jihatdan yoritib berishdan iborat.Muallif xiyonatni shunchaki axloqiy buzilash emas, balki insonning ilohiy fitratidan uzoqlashishishi va nafs amriga mag`lub bo`lishi sifatida talqin etadi. Tezisda asardagi voqealar rivojidagi ma`naviy poklanish bosqichlari va yozuvchining didaktik qarashlari ilmiy asoslanadi. Xulosada esa, adibaning iymon va
nafs to`qnashuvi orqali kitobxonga bermoqchi bo`lgan ma`naviy yechimi hamda
asarning bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan.
