TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKNING O’ZIGA XOS PSIXOLOGIKIJTIMOIY OMILLARI VA ULARGA QARSHI CHORALAR
Keywords:
Bugungi globallashuv sharoitida jamiyat taraqqiyoti nafaqat iqtisodiy yuksalish, balki inson manfaatlari, ayniqsa, bolalar huquqlari va ularning psixologik himoyasini ta’minlash bilan ham bevosita bog‘liqdirAbstract
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan bolalarning psixologik himoyasi bugungi
kunda nafaqat psixologiya fanining, balki jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy
barqarorlikning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Oilada, maktabda yoki ijtimoiy muhitda turli ko‘rinishdagi tazyiq (psixologik, emotsional, iqtisodiy, ijtimoiy) hamda zo‘ravonlik (jismoniy yoki jinsiy) bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga, emotsional holatiga, ijtimoiy moslashuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday bolalar ko‘pincha qo‘rquv, past o‘zini baholash, ishonchsizlik, tashvishlanish, tajovuzkorlik yoki depressiv holatlarni boshdan kechiradilar. Shu bois ushbu jarayonda
psixologik yordam ko‘rsatish tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologik
yordamning asosiy maqsadi bolada xavfsizlik hissini tiklash, stress holatini bartaraf etish, ruhiy barqarorlikni shakllantirish hamda salbiy kechinmalarning ijtimoiypsixologik oqibatlarini kamaytirishdan iborat. Bu yo‘lda art-terapiya, kognitivbehavioral terapiya, emotsional qo‘llab-quvvatlash, sand-terapiya, o‘yin terapiyasi kabi zamonaviy psixologik metodlar qo‘llaniladi. Shu bilan birga, psixologning oilaviy maslahatlar orqali ota-onalar bilan ishlashi va ijtimoiy xizmatlar bilan hamkorlik qilishi muhimdir. Ushbu yondashuv tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarning psixologik reabilitatsiyasida kompleks yondashuvning ahamiyatiniko‘rsatadi.
