BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI SAVODXONLIK DARSLARIDAINTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Keywords:
interfaol metodlar, boshlang‘ich ta’lim, ona tili darslari, savodxonlik, pedagogik texnologiyalar, mustaqil fikrlash, nutqiy ko‘nikmalar, ta’lim samaradorligi, o‘quv faolligi, innovatsion yondashuv, dars jarayoni, metodika, o‘qitish usullari, ijodkorlik, hamkorlikda o‘qitishAbstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili savodxonlik darslarida interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati va afzalliklari yoritilgan.
Shuningdek, interfaol metodlarning mohiyati, turlari hamda ularni dars jarayonida qo‘llash usullari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish va dars samaradorligini oshirishda interfaol metodlarning o‘rni alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan ayrim interfaol metodlar misollar orqali yoritilib, ularning amaliy samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning faolligini oshirishi, darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishi hamda ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
