CHUSTIY SHE’RIYATIDA RAMZIY TAFAKKUR: ASTRONOMIKOBRAZLAR VA MUHABBAT TALQINI
Keywords:
Chustiy, ramziy tafakkur, muhabbat konsepsiyasi, astronomik obrazlar, quyosh, oy, poetika, badiiy tahlil, metaforaAbstract
Mazkur maqolada Chustiy she’riyatida ramziy tafakkur muammosi
keng va chuqur ilmiy asosda tahlil qilinadi. Xususan, shoir ijodida astronomik obrazlarning qo‘llanilishi hamda ular orqali muhabbat konsepsiyasining ifodalanish xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot obyekti sifatida “Toabad dunyoda qol” tarkibandidagi she’r misralari tanlab olinib, unda quyosh va oy timsollari orqali insoniy tuyg‘ular — muhabbat, rashk, hijron, sadoqat, sabr va matonat kabi holatlar tahlil qilinadi.
Maqolada shoirning badiiy tafakkuri, obraz yaratish mahorati, metaforik fikrlash darajasi hamda tabiat hodisalarini inson ruhiyati bilan uyg‘unlashtirish uslubi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, Chustiy ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va uning tarbiyaviy-estetik ahamiyati ham yoritiladi.
