POST-PANDEMIYA DAVRIDA OʻZBEKISTONDA ICHKI TURIZMNIRIVOJLANTIRISH: RAQAMLASHTIRISH VA HUDUDIYDIVERSIFIKATSIYA OMILLARI (2016–2026)
Keywords:
Ichki turizm, post-pandemiya, raqamlashtirish, hududiy diversifikatsiya, turistik oqimlar, iqtisodiy barqarorlik.Abstract
Mazkur maqolada post-pandemiya davrida O‘zbekistonda ichki turizmni
rivojlantirishning asosiy tendensiyalari va omillari tahlil qilingan. Xususan, 2016–2026- yillar oralig‘ida ichki turizm dinamikasi, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri hamda sohada amalga oshirilgan islohotlar ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda COVID-19 pandemiyasining ichki turizmga ta’siri, tiklanish jarayonlari va davlat tomonidan ko‘rilgan qo‘llab quvvatlash choralari baholangan. Shuningdek, turizm sohasida raqamlashtirish jarayonlarining rivojlanishi, jumladan, elektron platformalar, mobil ilovalar va raqamli xizmatlarning joriy etilishi natijasida xizmatlar samaradorligi va boshqaruv tizimining takomillashuvi tahlil etilgan. Hududiy diversifikatsiya jarayonlari, yangi turistik yo‘nalishlarning shakllanishi hamda turistik oqimlarning qayta taqsimlanishi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi muhim omil sifatida asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ichki turizmni rivojlantirishda raqamlashtirish va hududiy diversifikatsiya o‘zaro bog‘liq holda sohaning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi aniqlangan. Shu bilan birga, infratuzilma, xizmat ko‘rsatish sifati va raqamli tengsizlik bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish zarurligi asoslangan.
