OILA, YOSH, SINIF, IRQLARINING SIYOSIY SOHADAGI JAMOATCHILIKFIKRIGA TASIRI

Authors

  • Saribaeva Madina Genjebay qizi Author

Keywords:

Jamoatchilik fikri, siyosiy ijtimoiylashuv, oila ta’siri, yosh omili, ijtimoiy sinf, etnik mansublik

Abstract

Mazkur maqolada jamoatchilik fikrining siyosiy sohada shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy ijtimoiy omillar oila, yosh, ijtimoiy sinf va irqning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida shaxsning siyosiy qarashlari tasodifiy emasligi, balki uning ijtimoiy muhitida bosqichma-bosqich shakllanishi asoslab beriladi. Ayniqsa, oila siyosiy ijtimoiylashuvning boshlang‘ich manbai sifatida, yosh esa qarashlarning o‘zgaruvchanligini belgilovchi omil sifatida yoritiladi. Shuningdek, ijtimoiy sinf inson manfaatlari orqali siyosiy tanlovlarga ta’sir ko‘rsatishi, etnik mansublik esa identitet va
jamoaviy faollik bilan bog‘liqligi ochib beriladi. 

Downloads

Published

2026-04-28