JAMOATCHILIK FIKRI STRUKTURASI MONISTIK BIR FIKRLILIKFIKRLARNING TURLI TUMANLIGI VA ULARNI BELGILOVCHIOMILLAR
Keywords:
jamoatchilik fikri, fikrlar strukturasi, monistik fikrlash, plyuralizm (fikrlar xilma-xilligi), ijtimoiy ong, ommaviy kommunikatsiya, ijtimoiy muhit va ta’sirlar.Abstract
Mazkur maqolada jamoatchilik fikrining strukturasi, uning monistik (bir fikrlilik) va plyuralistik (fikrlarning turli-tumanligi) shakllari sotsiologik
nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Jamoatchilik fikri jamiyatdagi ijtimoiy voqealar va jarayonlarga nisbatan shakllanadigan ommaviy ong ko‘rinishi bo‘lib, u ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar va individlarning munosabatlarini ifodalaydi. Tadqiqotda jamoatchilik fikrining tarkibiy tuzilmasi, uning individual, guruhiy va ijtimoiy darajalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari yoritiladi. Shuningdek, maqolada monistik
fikrlash — ya’ni jamiyatda yagona nuqtai nazarning ustuvorligi hamda plyuralistik yondashuv — turli fikr va qarashlarning mavjudligi va ularning o‘zaro raqobati kabi jihatlar ilmiy asosda tahlil etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jamoatchilik fikri doimiy ravishda o‘zgaruvchan bo‘lib, unda qarashlar, mulohazalar va e’tiqodlarning
xilma-xilligi muhim o‘rin tutadi. Maqolada, shuningdek, jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi asosiy omillar — ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, madaniy muhit, siyosiy tizim, ommaviy kommunikatsiya vositalari va axborot oqimining ta’siri keng yoritiladi. Jamoatchilik fikrining faolligi va yo‘nalishi jamiyatning strukturaviy rivojlanish darajasi, demokratik qadriyatlar va axborot erkinligi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi
asoslab beriladi.
