AMERIKA ORZULARI VA AMERIKA VOQELIGI O‘RTASIDAGI O‘ZAROMUNOSABAT
Keywords:
Amerika orzulari, ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy stratifikatsiya, ijtimoit mobillik, anomiya, ijtimoiy adolat, ijtimoiy voqelik, iqtisodiy imkoniyatlar.Abstract
Mazkur maqolada “Amerika orzusi” tushunchasi va uning real
ijtimoiy voqelik bilan o‘zaro bog‘liqligi zamonaviy sotsiologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Amerika orzusi insonning mehnat, qat’iyat va imkoniyatlar orqali muvaffaqiyatga erishishi mumkinligi haqidagi g‘oya sifatida talqin etiladi. Maqolada ushbu idealning jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlik, ijtimoiy tabaqalanish, ta’lim va imkoniyatlar notekisligi kabi omillar bilan qanday to‘qnash kelishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Amerika orzusining tarixiy shakllanishi, uning madaniy va ideologik ahamiyati hamda zamonaviy jamiyatdagi o‘zgarishlari yoritiladi. Tadqiqot jarayonida klassik va zamonaviy sotsiologik nazariyalarga, xususan ijtimoiy stratifikatsiya, meritokratiya va anomiya tushunchalariga murojaat qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Amerika orzusi hanuzgacha kuchli motivatsion omil bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, real hayotdagi strukturaviy cheklovlar ushbu idealning to‘liq amalga oshishini murakkablashtiradi. Natijada, orzu va voqelik o‘rtasida muayyan tafovut yuzaga kelib, bu holat jamiyatdagi ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
