“OYBEKNING “QUTLUG` QON” ROMANIDA IJTIMOIY ADOLATSIZLIKVA INSON TAQDIRI MASALASI”

Authors

  • Qаnоаtоvа Nаzоkаt Sоtvоldi qizi,Mahammatova Munisa. Author

Keywords:

Oybek, Yo`lchi, ijtimoiy adolatsizlik, inson taqdiri, mustamlakachilik, chorizm, ma`naviy uyg`onish, badiiy obraz.

Abstract

Ushbu tezisda Muso Toshmuhammad o`g`li Oybekning "Qutlug` qon" romanida aks etgan ijtimoiy tengsizlik muammolari va ularning inson taqdiriga ko`rsatgan fojiali taʼsiri tahlil qilinadi. Ishda asar qahramonlari Yo`lchi va Gulnor timsolidagi sof muhabbatning boylik va zulm qarshisidagi inqirozi, shuningdek, Mirzakarimboy obrazi orqali o`sha davrdagi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni yoritilgan. Tadqiqot davomida yozuvchining tarixiy voqelikni badiiy obrazlar orqali ifodalash mahorati va asar sarlavhasidagi ramziy ma`no ochib beriladi. Tezis yakunida romanning bugungi kunda inson qadrini anglashdagi ahamiyati haqida xulosalar keltirilgan.

Downloads

Published

2026-04-30