QASHQADARYO VILOYATI (NISHON, YAKKABOG‘ TUMANLARI VAQARSHI SHAHRI) SHEVALARIDA LEKSIK, MORFOLOGIK VA FONETIKIZOGLOSSALAR TAHLILI
Keywords:
areal lingvistika, izoglossa, dialekt, sheva, leksik izoglossa, fonetik izoglossa, morfologik izoglossa, hududiy til farqlari, Qashqadaryo shevalari, Nishon shevasi, Yakkabog‘ shevasi, Qarshi shevasi.Abstract
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining Nishon, Yakkabog‘ tumanlari hamda Qarshi shahri dialektida uchraydigan ayrim so‘zlarning leksik, morfologik va fonetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Hududiy til farqlarini o‘rganishda areal lingvistika yondashuvi asos qilib olinadi hamda izoglossa tushunchasi orqali til hodisalarining tarqalish chegaralari aniqlanadi. Tadqiqot jarayonida bir xil tushunchaning turli hududlarda turlicha ifodalanishi, tovush o‘zgarishlari va grammatik shakllardagi
tafovutlar misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Natijada, mazkur hududlarning o‘ziga xos lisoniy xususiyatlari ochib berilib, dialektal boylikning adabiy til rivojidagi o‘rni yoritiladi.
Downloads
Published
2026-05-02
