O'ZBEKISTONDA YASHIL INVESTITSIYALARNING IQTISODIY O’SISHDAGI O’RNI

Authors

  • Bazarov Vahid Xudayshukurovich,Jumabayeva Kumush Botir qizi Author

Keywords:

Yashil investitsiyalar, barqaror iqtisodiy o‘sish, yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, qayta tiklanuvchi energiya, xorijiy investitsiyalar, energiya samaradorligi, innovatsion texnologiyalar, O‘zbekiston iqtisodiyoti, ekologik siyosat.

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekistonda yashil investitsiyalarning iqtisodiy  o‘sishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, yashil investitsiyalar orqali 
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, energiya samaradorligining oshishi hamda  ekologik muammolarning kamayishi masalalari yoritiladi. So‘nggi yillarda  O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga  aylangan bo‘lib, bu jarayonda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga investitsiyalar  sezilarli darajada oshdi. Jumladan, 2019–2023 yillarda qayta tiklanuvchi energetika  sohasiga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi keskin oshib,  umumiy investitsiyalarning muhim qismini tashkil etdi .  Yashil investitsiyalar iqtisodiy o‘sishga ko‘p yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi: ishlab  chiqarishning ekologik samaradorligini oshiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi,  innovatsion texnologiyalarni joriy etadi va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga xizmat 
qiladi. Shuningdek, ular iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish va  resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash orqali uzoq muddatli barqaror o‘sishning  muhim omili hisoblanadi. O‘zbekistonning yuqori quyosh va shamol energiyasi  salohiyati yashil investitsiyalarni keng jalb etish imkonini beradi va mamlakatni  mintaqada “yashil energiya” markaziga aylantirish istiqbolini kuchaytiradi. 

Downloads

Published

2026-05-06