O’ZBEKISTONDA AGRAR SIYOSATNING MAQSADLARI VA VOSITALARI

Authors

  • Olimov Eldor,Jumabayeva Kumush Botir qizi Author

Keywords:

O‘zbekistonda agrar sektori, qishloq xo‘jaligi investitsiyalari, O‘zbekiston –2030 raqobatbardoshligi.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri 
bo‘lgan agrar sektorning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Qishloq  xo‘jaligi nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, balki ish o‘rinlari yaratish,  eksport hajmini oshirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim  ahamiyatga ega. “O‘zbekiston –2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar  asosida agrar sohani modernizatsiya qilish va investitsiya faolligini oshirish bo‘yicha  qator islohotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, mavjud metodologik yondashuvlar va  byurokratik to‘siqlar investitsiya samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.  Jumladan,  infratuzilmani rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish, xalqaro tajribani o‘rganish va  malakali kadrlar tayyorlash asosiy e’tibor markazida turadi. 

Downloads

Published

2026-05-06