SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI

Authors

  • Milinorov Xusniddin Xushmatovich ,Nurmamatova Dilfuza Nurmamat qizi Author

Keywords:

Eastern scholars, pedagogical views, education and upbringing, perfect individual, spiritual and moral education, pedagogical heritage, science, moral education, enlightenment, humanism, national values, pedagogical thinking, harmoniously developed generation, Eastern thinkers.

Abstract

Mazkur maqolada Sharq allomalarining pedagogik qarashlari, ularning ta’lim tarbiya tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi hamda yosh avlodni barkamol inson qilib  tarbiyalashga oid g‘oyalari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Maqolada Sharq  mutafakkirlarining inson kamoloti, axloqiy tarbiya, ilm-fan, odob va ma’naviyat  haqidagi qarashlari yoritilib, ularning bugungi ta’lim tizimidagi ahamiyati ochib  berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida komil  insonni shakllantirishda ilm, tarbiya va jamiyatning o‘rnini asoslab bergan hamda insonning baxt-saodatga erishishi tarbiya bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlagan. Abu Ali  ibn Sino esa ta’lim jarayonida bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va qiziqishlarini  inobatga olish zarurligini ko‘rsatib, aqliy, jismoniy va axloqiy tarbiyaning uyg‘unligini  ilgari surgan. Uning pedagogik qarashlarida ustozning bilimdonligi, muomala  madaniyati va shaxsiy namunasi muhim omil sifatida baholangan.Shuningdek, Abu  Rayhon Beruniy ilm olishda kuzatish, tajriba va amaliy faoliyatning ahamiyatini asoslab  bergan bo‘lib, u ta’limning hayot bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. 

Downloads

Published

2026-05-16