SHARQ ALLOMALARINING PEDAGOGIK QARASHLARI
Keywords:
. Sharq allomalari, pedagogik qarashlar, ta’lim-tarbiya, komil inson, ilm-ma’rifat, axloqiy tarbiya, ustoz-shogird, ma’naviyat, pedagogika, tarbiya, mutafakkirlar, yoshlar tarbiyasi.Abstract
Ushbu maqolada Sharq allomalarining ta’lim-tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib hamda Mahmud Qoshg‘ariyning ilm-ma’rifat, axloqiy tarbiya, komil insonni shakllantirish va ustoz-shogird munosabatlariga oid fikrlari yoritilgan. Allomalarning pedagogik merosi bugungi ta’lim tizimida yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi asoslab berilgan. Sharq allomalari inson kamoloti, ilm-ma’rifat va axloqiy tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratganlar.
