DENOV TUMANIDA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINING JOYLASHISHI VA RIVOJLANISHI
Keywords:
Denov tumani, ishlab chiqarish kuchlari, sanoat joylashishi, qishloq xo‘jaligi qayta ishlash, paxtachilik, agrosanoat majmui, Surxondaryo viloyati.Abstract
.Denov tumani Surxondaryo viloyatining shimoliy qismida joylashgan
bo‘lib, iqtisodiy geografik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Tuman hududida ishlab chiqarish kuchlari asosan qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan: paxta tozalash, yog‘ ekstraksiyasi, aroq-vino va pivo ishlab chiqarish, konserva, sut mahsulotlari, mexanika-ta’mirlash, g‘isht zavodlari va boshqa korxonalar faoliyat yuritadi. Jumladan, 38 ta yirik sanoat korxonasi va 200 ga yaqin kichik tadbirkorlik subyektlari mavjud. Qishloq xo‘jaligida paxtachilik, bog‘dorchilik, tokchilik va limon
yetishtirish yetakchi tarmoqlar hisoblanadi. Tog‘ etaklarida lalmikor dehqonchilik (bug‘doy, arpa) rivojlangan. Mustaqillik yillarida sanoatni modernizatsiya qilish, kichik sanoat zonalari yaratish va xomashyo resurslaridan chuqur foydalanish orqali ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi va rivojlanishi jadallashgan. Kelajakda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va agrosanoat integratsiyasini kuchaytirish istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rilmoqda.
