PEDAGOGIKA TALABALARINING AMALIYOT JARAYONIGAOʻZGARISHLAR TADQIQ QILISH

Authors

  • Yunusova Feruza Muhammadolim qizi Author

Keywords:

Pedagogika talabalari, kasbiy amaliyot, moslashish, kasbiy kompetensiya, oliy ta’lim

Abstract

Mazkur maqolada pedagogika yo‘nalishi talabalarining kasbiy amaliyot jarayoniga
moslashishdagi o‘zgarishlari tadqiq qilingan. Tadqiqotning asosiy muammosi amaliyot
davrida talabalarning nazariy bilimlarni real pedagogik vaziyatlarga tatbiq etishdagi
qiyinchiliklari va ularning kasbiy kompetensiyasiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
Tadqiqot maqsadi pedagogika talabalarining amaliyot jarayonida yuzaga keladigan
asosiy o‘zgarishlarni, ularning kasbiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni hamda
moslashish mexanizmlarini ochib berishdir. Tadqiqotda kuzatish, so‘rovnoma va
intervyu metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, unda 120 nafar pedagogika yo‘nalishi
talabasi ishtirok etgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, talabalarning 78 foizi amaliyotning
dastlabki bosqichlarida kommunikativ va tashkiliy qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa,
62 foizi o‘z bilimlarini amalda qo‘llashda muammolarni boshdan kechirgan. Shu bilan
birga, amaliyot yakuniga kelib talabalarning 85 foizi kasbiy o‘ziga ishonchning
oshganligini qayd etgan. Tadqiqot natijalari pedagogika talabalarining amaliyotga
moslashish jarayonida individual va ijtimoiy omillarning muhim rol o‘ynashini,
shuningdek, amaliyot davomida ularning kasbiy kompetensiyasida ijobiy o‘zgarishlar
yuz berishini tasdiqlaydi. Ushbu xulosalar oliy ta’lim muassasalarida amaliyot
dasturlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-05-24