Boshlangʻich sinf matematika ta’limida innovatsiyalar: ijodiy masalalar va raqamli vizualizatsiyaning oʻzaro integratsiyasi
Keywords:
matematika ta’limi, boshlangʻich sinf, ijodiy masalalar, raqamli vizualizatsiya, integratsiya, kognitiv moslashuvchanlik, fazoviy tasavvur, GeoGebra, Scratch.Abstract
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf matematika ta’limini modernizatsiya
qilish, oʻquvchilarning mantiqiy, fazoviy va ijodiy tafakkurini rivojlantirishda
innovatsion yondashuvlar – nostandart ijodiy masalalar hamda raqamli vizualizatsiya vositalarining oʻzaro integratsiyasi masalalari tadqiq etiladi. Kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarining matematik tushunchalarni oʻzlashtirish dinamikasi, mavhum matematik modellarni raqamli texnologiyalar (3D modellashtirish, interaktiv grafikalar, animatsiyalar) orqali soddalashtirish mexanizmlari ilmiy-metodik jihatdan yoritilgan. Maqolada integratsiyalashgan ta’lim muhitining oʻquvchilar bilish faolligiga ta’sirini koʻrsatuvchi dalillar hamda dars jarayonida qoʻllaniladigan amaliy metodik tavsiyalar tizimi taqdim etilgan.
