PSIXOLOG-MASLAHATCHINING KASBIY KOMPETENSIYALARI VAAMALIY FAOLIYATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.
Keywords:
psixologik maslahat, psixolog-maslahatchi, kasbiy kompetensiya, empatiya, psixodiagnostika, kasbiy etika, maxfiylik, refleksiya, mijoz, professional muloqot.Abstract
Ushbu maqolada psixolog-maslahatchining kasbiy tayyorgarligi, nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, etik mas’uliyati hamda shaxsiy-kasbiy fazilatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada malakali psixolog-maslahatchi faoliyatining samaradorligi faqat oliy psixologik ta’lim bilan emas, balki maxsus ixtisoslashuv, amaliy tajriba, refleksiv fikrlash, psixodiagnostik kompetensiya va mijoz bilan professional muloqot o‘rnata olish qobiliyati bilan bog‘liqligi asoslanadi. Shuningdek, psixologik maslahat jarayonida maxfiylik, inson qadr-qimmatini hurmat qilish, kasbiy chegaralarni saqlash, ilmiy asoslangan metodlardan foydalanish va mijozga baholamasdan yondashish kabi tamoyillarning ahamiyati yoritiladi. Maqolada shaxsiy, pedagogik va biznes yo‘nalishidagi psixologik maslahatning o‘ziga xos
talablariga ham e’tibor qaratilgan.
