O‘SMIRLARDA IRRATSIONAL USTANOVKALAR SHAKLLANISHININGIJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Authors

  • Toshboltayeva Nodira Ibrohimjonovna Author

Keywords:

o‘smirlik davri, irratsional ustanovkalar, ijtimoiy-psixologik omillar, oila, tengdoshlar guruhi, ijtimoiy tarmoqlar, emotsional rivojlanish, kognitiv jarayonlar, shaxs rivojlanishi.

Abstract

Mazkur tezisda o‘smirlarda irratsional ustanovkalarning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy ijtimoiy-psixologik omillar tahlil qilingan. O‘smirlik davrida shaxsning o‘zini anglash jarayoni, ijtimoiy munosabatlar tizimining kengayishi hamda emotsional sohaning jadal rivojlanishi natijasida turli irratsional e’tiqod va qarashlar shakllanishi mumkin. Tadqiqotda oila muhiti, tengdoshlar ta’siri, ta’lim muassasasidagi psixologik iqlim, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar tafakkuriga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, irratsional ustanovkalarning shaxsning emotsional holati, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuviga ta’siri tahlil etilgan.

Downloads

Published

2026-06-12