Sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida oʻquvchilarning individual taʼlimtraektoriyasini yaratish va qiziqishini oshirish

Authors

  • Vaxobova Zilola Mirxalilovna Author

Keywords:

sunʼiy intellekt (AI), individual taʼlim traektoriyasi, adaptiv taʼlim, 5–7- sinf oʻquvchilari, oʻquv qiziqishi, raqamli didaktika, kognitiv uslub, shaxsiylashtirilgan taʼlim, intellektual repetitorlik, taʼlim algoritmlari.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli didaktikaning eng istiqbolli
yoʻnalishi — Sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalarini umumiy oʻrta taʼlim tizimiga joriy etish orqali 5–7-sinf oʻquvchilarining individual taʼlim traektoriyasini loyihalash hamda ularda fanga boʻlgan qiziqishni barqarorlashtirish muammolari tadqiq etilgan. Kichik oʻsmirlik davridagi oʻquvchilarning intellektual salohiyati, oʻzlashtirish sur’ati va kognitiv uslublaridagi xilma-xillikni adaptiv taʼlim platformalari yordamida optimallashtirish parametrlari ilmiy asoslangan faktlar doirasida tahlil qilingan. Maqolada sunʼiy intellektga asoslangan intellektual repetitorlik tizimlari, neyrotarmoqli oʻquv diagnostikalari va shaxsiylashtirilgan taʼlim modellarining oʻsmirlar oʻquv
motivatsiyasini yuksaltirishdagi metodik imkoniyatlari mukammal tarzda ochib berilgan. 

Downloads

Published

2026-06-24