Oʻsmir yoshdagi oʻquvchilarning mustaqil fikrlash va tahlil qilish koʻnikmalarinirivojlantirishda intellektual xaritalar (Mind Maps) texnologiyasi
Keywords:
intellektual xaritalar, Mind Maps, mustaqil fikrlash, tahlil qilish koʻnikmasi, 5–7-sinf oʻquvchilari, kognitiv pedagogika, assotsiativ tafakkur, vizuallashtirish, axborotni tizimlashtirish, didaktik vosita.Abstract
Ushbu maqolada umumiy oʻrta taʼlim tizimining 5–7-sinf oʻquvchilarida
mustaqil fikrlash va tahlil qilish koʻnikmalarini shakllantirishda intellektual xaritalar (Mind Maps) texnologiyasining pedagogik-psixologik imkoniyatlari ilmiy va metodik jihatdan tadqiq etilgan. Kichik oʻsmirlik davridagi oʻquvchilarning axborotni qabul qilish dinamikasi, assotsiativ tafakkur xususiyatlari hamda maʼlumotlarni tizimlashtirish koʻnikmalari zamonaviy kognitiv pedagogika qonuniyatlari doirasida tahlil qilingan. Maqolada grafik organayzerlar va vizual sxemalarni dars jarayoniga joriy etish orqali
oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini faollashtirish, dars samoradorligini oshirish va ularni mustaqil izlanishga yoʻnaltirishning samarali metodik tizimi boy faktlar asosida yoritilgan.
