Media-savodxonlik va tanqidiy fikrlash texnologiyalarining oʻquvchilar bilish faolligidagi integratsiyasi
Keywords:
media-savodxonlik, tanqidiy fikrlash, bilish faolligi, kichik oʻsmir, axborot oqimi, raqamli didaktika, feyk axborot, manipulyatsiya, fakt-cheking, integratsiyalashgan taʼlim.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida oʻsib
kelayotgan yosh avlodni intellektual va ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish, ularda ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalardan kelayotgan maʼlumotlarni filtrlash, tahlil qilish koʻnikmalarini shakllantirish muammolari tadqiq etilgan. Umumiy oʻrta taʼlim tizimining 5–7-sinf oʻquvchilarini qamrab oluvchi kichik oʻsmirlik davrida media-savodxonlik va tanqidiy fikrlash texnologiyalarining oʻquvchilar bilish faolligi hamda akademik oʻzlashtirish jarayoniga integratsiyalashuv mexanizmlari ilmiy pedagogik jihatdan ochib berilgan. Maqolada boy faktlar, xalqaro tadqiqotlar va metodik
tavsiyalar asosida dars jarayonida feyk (yolgʻon) axborotlarni aniqlash, manipulyatsiyaga qarshi turish va bilish faolligini mustaqil tadqiqotchilik kanaliga yoʻnaltirishning samarali didaktik modellari yoritilgan.
