DUAL TA'LIM TIZIMI:TEXNIKUM HAYOTIGA YANGI NAFAS
Abstract
Hozirgi kunda O'zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini isloh qilish masalasi davlat siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan biriga aylangan. Mamlakatimiz iqtisodiyoti jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan bir paytda, sanoat, qurilish, transport, axborot texnologiyalari va boshqa tarmoqlarda malakali ishchi kadrlarga bo'lgan ehtiyoj keskin oshmoqda. Ammo ko'p yillar davomida texnikumlar asosan nazariy bilim berish bilan cheklanganligi tufayli, bitiruvchilar ko'pincha real ish sharoitiga moslashishda qiynalishgan.
Downloads
Published
2026-05-22
