KICHIK MAKTABYOSHIDAGI BOLALARDA GEOMETRIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISHDA KO’RGAZMALILIK VA AKTNING O’RNI

Authors

  • Teshaxo’jayeva Mohlaroy Shuhratxo’ja qizi Author

Keywords:

boshlang‘ich ta’lim, geometrik tasavvur, fazoviy tafakkur, ko‘rgazmalilik tamoyili, AKT integratsiya, dinamik geometriya, o‘qitish metodikasi, mantiqiy tahlil, tarbiyaviy ahamiyat, pedagogik eksperiment.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida geometrik tushuncha, tasavvur va fazoviy tafakkurni shakllantirishning fundamental va metodologik asoslari tadqiq etilgan. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixofiziologik, kognitiv rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, dars jarayonida an’anaviy ko‘rgazmalilik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dinamik geometrik dasturlar, 3D modellashtirish, multimedia interaktiv elementlari o‘zaro sinergetik uyg‘unligi tahlil qilingan. Muallifning dars ishlanmalari va eksperimental tajribalariga tayanib, geometrik materiallarni o‘qitish metodikasining bosqichlari, darsning tarbiyaviy hamda estetik ahamiyati, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar tizimlashtirilgan. Tajriba-sinov ishlari natijalari matematik va statistik usullar yordamida yozma hamda qiyosiy shaklda tahlil qilib berilgan.

Downloads

Published

2026-05-30