TALABA KURASHCHILARNING FUNKSIONALTAYYORGARLIGINI OSHIRISHDA YUQORI SHIDDATLI INTERVALLIMASHQLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Keywords:
kurash, talaba kurashchilar, funksional tayyorgarlik, yuqori shiddatli intervalli mashqlar, HIIT, aerob imkoniyat, anaerob imkoniyat, maxsus chidamlilik, yurak urish chastotasi, mashg‘ulot yuklamasi, tiklanish.Abstract
Mazkur maqolada talaba kurashchilarning funksional
tayyorgarligini oshirishda yuqori shiddatli intervalli mashqlardan (High-Intensity
Interval Training — HIIT) foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.
Kurash sportining yuqori shiddatli, o‘zgaruvchan va takroriy yuklamalar bilan
tavsiflanishi hisobga olinib, intervalli mashqlarning sportchilar yurak-qon tomir va
nafas olish tizimi, aerob-anaerob imkoniyatlari, maxsus chidamliligi hamda
yuklamadan keyingi tiklanish jarayonlariga ta’siri tahlil qilingan. Talaba
kurashchilar mashg‘ulotlariga HIIT vositalarini sport turining o‘ziga xos
xususiyatlariga moslashtirib kiritish, yuklama va dam olish nisbatlarini boshqarish
hamda funksional ko‘rsatkichlar asosida mashg‘ulotlarni individuallashtirish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
