AYOLLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNINGILMIY-NAZARIY ASOSLAR

Authors

  • Kurbanova Durdona Salaxitdinovna Author

Keywords:

ayollar salomatligi, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik, sog‘lomlashtiruvchi gimnastika, yosh differensiatsiyasi.

Abstract

Mazkur maqolada ayollarda sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishning biologik, psixologik va ijtimoiy-ekologik asoslari tahlil qilinadi.
Jismoniy mashqlar va sog‘lomlashtiruvchi gimnastika kundalik hayotga
singdiruvchi vosita sifatida qaraladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
ma’lumotlari, O‘zbekiston bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar hamda Scopus
bazasida indekslanuvchi xalqaro jurnallarda e’lon qilingan tizimli sharhlar va
tahlillar sintez qilindi. Tahlil global miqyosda ayollarda jismoniy faollik
yetishmasligi erkaklarnikidan yuqori ekanini ko‘p kuzatilganini ko‘rsatadi. 12
haftalik sog‘lomlashtiruvchi gimnastika modeli, monitoring indikatorlari va
xavfsizlik mezonlari taklif etilgan. Xulosa sifatida, ayollar faolligini oshirish uchun
faqat sport tadbirlarini ko‘paytirish emas, balki xavfsiz muhit, mos vaqt, ayol
instruktor, arzon xizmat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va natijani salomatlik
indikatorlari orqali baholash zarurligi asoslanadi.

Downloads

Published

2026-08-27