GANDBOLCHILARNING MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINITAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Keywords:
gandbol, maxsus jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamlilik, koordinatsiya, jismoniy yuklama, mashqlar tizimi, sport tayyorgarligi, gandbolchilar.Abstract
Ushbu maqolada gandbolchilarning maxsus jismoniy
tayyorgarligini takomillashtirish metodikasining mazmuni, vositalari va samaradorligi
yoritilgan. Gandbol sport turining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib,
sportchilarning tezkorlik, kuch, tezkor-kuch, chaqqonlik, chidamlilik va koordinatsion
qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimi tahlil qilingan. Maxsus
jismoniy tayyorgarlik jarayonida mashqlarni tanlash, yuklamalar hajmi va shiddatini
belgilash, takrorlashlar soni hamda dam olish oraliqlarini sportchilarning individual
imkoniyatlariga moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek,
musobaqa faoliyatining texnik-taktik talablari bilan jismoniy tayyorgarlik vositalarini
uyg‘unlashtirish asosida gandbolchilarning sport mahoratini oshirish imkoniyatlari
asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari maxsus jismoniy tayyorgarlikni tizimli va maqsadli
tashkil etish gandbolchilarning harakat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat
qilishini ko‘rsatadi.
