O‘SMIR TAEKVONDOCHILARNING MUSOBAQA FAOLIYATIDAVAZIYATLI TAKTIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Authors

  • Umirzakova Aynur Abdigapbar qizi Author

Keywords:

Taekvondo WT, o‘smir sportchi, taktik tafakkur, vaziyatli topshiriqlar, jangovar intellekt, qaror qabul qilish, kyorugi

Abstract

Mazkur tezisda o‘smir taekvondochilarning (WT) musobaqa
faoliyatida vaziyatli taktik tafakkurni rivojlantirish masalalari ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qilingan. Taekvondo janglarida o‘zgaruvchan vaziyatlarni tezkor baholash, raqibning harakatlarini oldindan anglash hamda yuzaga kelgan sharoitga mos ravishda oqilona taktik qarorlar qabul qilishning kognitiv mexanizmlari va uslubiy qonuniyatlari yoritilgan. Shuningdek, sportchilarning jang davomida bir xil taktik harakatlarga bog‘lanib qolishining oldini olish, vaziyatga mos fikrlash va muqobil harakat variantlarini tanlash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ochiq va yopiq turdagi vaziyatli model mashqlari majmuasidan foydalanishning nazariy asoslari, ularning sportchilarning taktik fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilishi hamda
musobaqa jarayonidagi harakatlar samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ilmiyjihatdan asoslab berilgan.

Downloads

Published

2026-10-14