“VOLEYBOLCHILAR O‘YIN PAYTIDAGI TEXNIK VA JISMONIYHOLATLARNI MONITORING QILISH ORQALI ULARNING O‘YINSAMARADORLIGINI OSHIRISH”
Keywords:
Voleybol sport turida texnik tayyorgarligi, jismoniy va funksional holati, o‘yin jarayonini monitoring qilish va o‘yin samaradorligini oshirishAbstract
Ushbu ilmiy tadqiqotning maqsadi voleybolchilarning musobaqa
jarayonida namoyon bo‘ladigan texnik harakatlari va jismoniy-funksional holatini zamonaviy monitoring usullari yordamida tahlil qilish orqali ularning o‘yin samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida o‘yinchilarning zarba kuchi, to‘pni qabul qilish aniqligi, yurak qisqarishlari chastotasi, harakat tezligi va koordinatsiya ko‘rsatkichlari maxsus o‘lchov texnologiyalari orqali qayd etildi hamda statistik jihatdan solishtirib borildi. Olingan ma’lumotlar voleybolchilarning mashg‘ulot jarayonini ilmiy asosda rejalashtirish, yuklamalarni individual darajada nazorat qilish, shuningdek murabbiylar uchun o‘yin strategiyasini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
