SENSOR XUSUSIYATLARNI HISOBGA OLGAN LOGOPEDIKMASHG‘ULOTNI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI

Authors

  • Oppoqxo‘jayev Xojixuja Azimjon o‘g‘li,Miraxmedova Muhlisaxon Furqatjon qizi Author

Keywords:

logopediya, sensor integratsiya, sensor axborot, nutqiy rivojlanish, logopedik mashg‘ulot, sensor-motor faoliyat, kommunikativ kompetensiya, artikulatsiya, fonematik idrok, individual yondashuv.

Abstract

Ushbu maqolada logopedik mashg‘ulotlarda sensor-integrativ yondashuvdan foydalanishning nazariy va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Sensor axborotni qabul qilish, qayta ishlash va o‘zaro muvofiqlashtirish jarayonlarining bolalarda nutqiy muloqot, diqqat, taqlid, harakatlarni rejalashtirish va kommunikativ faollik bilan bog‘liq jihatlari yoritilgan. Logopedik mashg‘ulotlarga vizual, eshituv, taktil, kinestetik va harakatga asoslangan topshiriqlarni maqsadli kiritish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, sensor xususiyatlarni hisobga olish, individual yondashuvni ta’minlash, logoped va boshqa mutaxassislar hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda mashg‘ulotlar samaradorligini baholash mezonlari tavsiflangan. Maqolada sensor-integrativ faoliyatning nutqiy rivojlanishga ta’sirini baholashda ilmiy dalillarga tayanish, sensor mashqlarni bevosita logopedik maqsadlar bilan bog‘lash va individual ehtiyojlarni hisobga olish zarurligi asoslangan

Downloads

Published

2026-10-23