INKLYUZIV TA’LIMDA IJTIMOIY HAMKORLIKNING MAZMUNI VAAHAMIYATI
Keywords:
inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari, maxsus ehtiyojli o‘quvchilar, ijtimoiy hamkorlik, tengdoshlar munosabati, ijtimoiy moslashuv, hamkorlikda o‘qitish, tengdoshlar ko‘magi, pedagogik qo‘llab-quvvatlashAbstract
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning tengdoshlari bilan ijtimoiy hamkorligini
rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari, samarali metodlari va tashkiliy shartsharoitlari yoritilgan. O‘quvchilarning jamoaga moslashuvi, o‘zaro muloqotga kirishishi, hamkorlikda faoliyat yuritishi hamda ijtimoiy munosabatlarda teng ishtirok etishini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, hamkorlikda o‘qitish, kichik guruhlarda ishlash, tengdoshlar ko‘magi, jamoaviy loyihalar va ijtimoiy vaziyatlarni modellashtirish kabi pedagogik yondashuvlarning ahamiyati ochib berilgan. Inklyuziv
ta’limda ijobiy ijtimoiy muhitni shakllantirish, o‘qituvchi, maxsus pedagog, psixolog, logoped va ota-onalar hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
