OMON MATJON SHE’RIYATIDA O‘XSHATISHLARNING O‘RNI
Keywords:
Omon Matjon, o‘xshatishlar, o‘xshatish vositalari, she’riyat, she’riyatdagi muhim vositalarAbstract
O‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shoirlardan biri
Omon Matjon she’riyati o‘zining mazmundorligi, nafis va go‘zal ma’nosi, bir-biri bilan
takrorlanmas ohangga ega bo‘lishi bilan xarakterlidir. Shoir she’riyatida bunday
ma’nolar o‘xshatish orqali namoyon bo‘lganligini ham ko‘rishimiz mumkin.
O‘xshatish she’riyatda muhim janr sanaladi. She’rda ohangdorlikni yuzaga keltirish
uchun ham aynan o‘xshatishlardan unumli foydalaniladi. O‘xshatishsiz she’rni
tasavvur qilishimiz ham qiyin. Aynan o‘xshatish qanday vositalar, bog‘lovchilar,
leksik vositalar yordamida yuzaga chiqishi yozuvchi mahoratiga bog‘liq. O‘xshatishni
yuzaga keltiradigan vositalar ham she’riyatda muhim rol o‘ynaydi. Ular qo‘llanilish
o‘rniga qarab, qanday vositalardan foydalanilishiga qarab ma’noni kuchliroq yoki
kuchsizroq ifodalashi mumkin. Quyida Omon Matjon she’riyatida o‘xshatishlarni
ko‘rib chiqamiz
