LINGVISTIK SINESTEZIYA
Keywords:
sinesteziya, sinestezik metafora, kognitiv lingvistika, mujassam aql, Ullman, Lakoff va Jonson, ingliz tili, o‘zbek tili, qiyosiy tahlil, kognitiv universallikAbstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida sinesteziyaning kognitiv
qonuniyatlari sinestezik metaforalar asosida qiyosiy-empirik tahlil orqali ko‘rib
chiqiladi. Tadqiqot Stiven Ullmanning sinestezik o‘tish yo‘nalishi haqidagi
gipotezasiga asoslanadi: kamroq rivojlangan sezgi sohalaridan (masalan, teginish,
ta’m) yuqori rivojlangan sezgilarga (masalan, ko‘rish, eshitish) yo‘nalish. Bu gipoteza
ilgari ingliz va nemis tillari misolida tasdiqlangan. Maqolaning asosiy maqsadi –
sinestezik metaforalarning shakllanishidagi kognitiv universallik va madaniy farqlarni
aniqlashdan iborat bo‘lib, bunda tipologik va madaniy jihatdan bir-biridan farq
qiluvchi ikki til tahlil qilinadi. Tadqiqot nazariy asosi sifatida Lakoff va Jonson
tomonidan ilgari surilgan mujassam aql (embodied philosophy) konsepsiyasidan
foydalaniladi. Maqolada shuningdek, sinestezik metaforalarning kognitiv modellariga
madaniyat ta’sirining falsafiy, estetik va tarixiy jihatlari ham o‘rganiladi
