O‘ZBEKISTONDA IQTISODIYOTNI SANOATLASHTIRISHJARAYONIDA EKOLOGIK MUAMMOLAR (NAVOIY VILOYATIMISOLIDA)
Keywords:
ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik o‘zgarishlar, ekologik muammolar, sanoatlashtirish, atrof-muhit, milliy iqtisodiyotAbstract
maqolada O‘zbekiston aholisi va iqtisodiyotining sezilarli
darajada o‘sishi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik o‘zgarishlarning asosiy
harakatlantiruvchi kuchlaridan biri ekanligi, energetika infratuzilmasining
rivojlanishi aholi sonining o'sishi bilan qo'llab-quvvatlanadigan sanoatlashtirish va urbanizatsiya sur'atlariga mos kelmasligi hamda atrof- muhitga ta’sir etuvchi omillari o’rganilgan. Navoiy viloyatining ekologik muammolarini, mintaqa atrofmuhitini ifloslanishi, yer degradatsiyasi, suv tanqisligi va boshqa ekologik muammolar tahlili keltirilgan. Mualliflar tomonidan mintaqadagi muammolarning kelib chiqish oqibatlari va ekologik muammolarga ta’sir etuvchi omillar, hamda oldini olish to‘g‘risida ilmiy farazlardan iborat fikrlari keltirilgan
