O‘ZBEK NASRIDA YANGI OHANG: TOG‘AY MUROD ASARLARININGADABIY AHAMIYATI

Authors

  • Aribbayeva Zulfiya Muxtorjon qizi Author

Keywords:

o‘zbek nasri, Tog‘ay Murod, milliy ruh, badiiy tafakkur, qishloq hayoti, xalqona til, tarixiy xotira, psixologik tasvir.

Abstract

Mazkur maqolada taniqli o‘zbek yozuvchisi Tog‘ay Murod ijodining o‘zbek nasri taraqqiyotidagi o‘rni va adabiy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil
qilinadi. Yozuvchining asarlarida milliy ruh, xalqona tafakkur, tarixiy xotira hamda inson psixologiyasining badiiy ifodasi masalalari yoritiladi. Tog‘ay Murodning badiiy tilidagi o‘ziga xoslik, qahramonlar tizimi va ijtimoiy-falsafiy qarashlari o‘zbek nasrida yangi badiiy ohangni yuzaga keltirgani asoslab beriladi. Maqolada yozuvchining “Otamdan qolgan dalalar” asari asosiy manba sifatida tahlil qilinib, uning adabiy jarayondagi ahamiyati ochib beriladi.

Downloads

Published

2026-02-09