TERGOV FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH: ZAMONAVIY HOLATVA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Norboev Jaxongir Erkinovich Author

Keywords:

raqamlashtirish, sud-huquq tizimi, tergov faoliyati, raqamli sud, elektron jinoyat ishi, sun’iy intellekt, jinoyat protsessi, inson huquqlari, axborot texnologiyalari, tergovga qadar tekshiruv.

Abstract

Mazkur maqolada sud-huquq tizimida, xususan tergov faoliyatida
raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarbligi, zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbekistonda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, “raqamli sud” konsepsiyasi hamda tergovni raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi asosida “elektron raqamli jinoyat ishi” tizimining afzalliklari ochib beriladi. Jinoyat to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni qabul qilishdan boshlab sudgacha bo‘lgan bosqichda yagona raqamli axborot tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati asoslab beriladi.

Downloads

Published

2026-02-10