OʻSMIRLIK DAVRIDA HISSIY BARQARORLIK VA IRODASHAKLLANISHIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR

Authors

  • Ismoilova Moxichehra Author

Keywords:

o‘smirlik davri, hissiy barqarorlik, iroda, shaxs rivojlanishi, psixologik omillar, ijtimoiy muhit, tarbiya

Abstract

Ushbu maqolada o‘smirlik davrida hissiy barqarorlik va iroda
shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, hissiy jarayonlarning o‘zgaruvchanligi hamda irodaviy sifatlarning rivojlanish bosqichlari ilmiy jihatdan yoritib berilgan. Tadqiqot jarayonida oila muhiti, tengdoshlar ta’siri, ta’lim tizimi, individual psixologik xususiyatlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘smir shaxsiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, o‘smirlarda hissiy barqarorlik va mustahkam iroda sifatlarini shakllantirishda ijtimoiy va pedagogik omillarning ahamiyati ochib berildi. Tadqiqot natijalari o‘smirlar bilan
ishlashda samarali psixologik va pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Downloads

Published

2026-02-20