ZAMONAVIY YOSHLAR ORASIDA HAYOTIY MAQSADLARTRANSFORMATSIYASI VA MOTIVATSIYA DARAJASININGPASAYISHI
Keywords:
ayotiy maqsadlar, motivatsiya, motivatsion inqiroz, ichki motivatsiya, psixologik determinantlar, yoshlar psixologiyasi, identifikatsiya, kasbiy o‘zini anglash, qadriyatlar transformatsiyasi, ijtimoiy solishtirish, psixologik farovonlik, emotsional barqarorlik, ijtimoiy moslashuv, globallashuv, raqamli muhit.Abstract
Mazkur maqolada bugungi yoshlar orasida kuzatilayotgan hayotiy maqsadlar inqirozi hamda motivatsiyaning pasayishi muammosi psixologik
nuqtayi nazardan nazariy va empirik asosda yoritiladi. Global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, raqamli makonning kengayishi, kasbiy istiqbolning noaniqligi va qadriyatlar tizimidagi transformatsiyalar yoshlarning maqsad qo‘yish va hayotiy yo‘nalishni belgilash jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot doirasida hayotiy maqsadlar inqirozining asosiy psixologik determinantlari — shaxsiy identifikatsiya murakkabliklari, ichki motivatsiyaning zaiflashuvi, ijtimoiy taqqoslash jarayonlari, stress omillari hamda emotsional barqarorlikning buzilishi tahlil etiladi. Nazariy tahlil zamonaviy motivatsiya konsepsiyalari, hayot mazmuni va maqsad qo‘yish nazariyalari doirasida amalga oshirilgan.
