TALABALARDA EMOTSIONAL INTELLEKT DARAJASI VA UNINGAKADEMIK FAOLIYAT BILAN BOG‘LIQLIGI

Authors

  • Baratullayeva Dilnoza Xabibullo qizi,Sulaymonova Lobar Samad qizi Author

Keywords:

emotsional intellekt, talabalar, akademik muvaffaqiyat, stress, psixologik moslashuv, shaxsiy rivojlanish.

Abstract

Mazkur maqolada talabalarda emotsional intellekt darajasi hamda uning
shaxsiy rivojlanish va akademik faoliyat bilan o‘zaro bog‘liqligi empirik tadqiqot asosida o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning emotsional intellekt darajasini aniqlash va uning o‘quv jarayoniga ta’sirini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda psixodiagnostik metodlar, jumladan emotsional intellektni aniqlashga qaratilgan so‘rovnomalar hamda statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar talabalarning emotsional intellekti o‘rtacha va yuqori darajada ekanligini hamda uning akademik muvaffaqiyat, stressga chidamlilik va ijtimoiy moslashuv bilan ijobiy bog‘liqligini ko‘rsatdi.

Downloads

Published

2026-02-28