Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini husnixatga o‘rgatish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Jumladan, o‘quvchilarning harflarni to‘g‘ri va chiroyli yozish malakalarini shakllantirishda uchraydigan psixologik, metodik hamda texnik qiyinchiliklar yoritiladi. Shuningdek, husnixat mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va individual yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Maqolada mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ham bayon etilgan,Saidvaliyeva Rayhona Boydivali qizi (Author)